Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni O‘zbekistonda keng nishonlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “18 aprel – Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kunini O‘zbekiston Respublikasida keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, 18 aprel – Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni (Xalqaro meros kuni) Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashi (IKOMOS) tomonidan 1982 yilda belgilangan hamda 1983 yilda YuNeSKO Bosh konferensiyasining 22-sessiyasida tasdiqlangan. Ushbu kunda jamoatchilik e'tibori madaniy merosning turli jihatlari va uni saqlashning ahamiyatiga xalqaro miqyosda qaratiladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyaning taklifiga muvofiq:
18 aprel – Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni O‘zbekiston Respublikasida har yili keng nishonlanishi mumkin;
18 aprel kuni mamlakatimiz aholisining davlat mulki hisoblangan va kirish pullik bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlariga bepul kirishi kunlari etib belgilanadi, shuningdek, xorijiy sayyohlarga shu kuni kirish narxlarining 50 foizi miqdorida to‘lovlarni amalga oshirgan holda ushbu obektlarga kirishiga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 18 aprel – Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida keng jamoatchilik e'tiborini qaratishga yo‘naltirilgan respublika ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi, shuningdek, samarali faoliyat olib borayotgan soha vakillari va tadbirlarning faol ishtirokchilarini munosib rag‘batlantiradi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
11:59 / 17.12.2025