Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Buxoro» muxlislari PFL ustidan FIFAga shikoyat qilishmoqchi
«Buxoro» klubining muxlislari telegram kanali o‘zbekistonlik futbolsevarlarga va PFLga murojaat tarzida yozilgan videoni e'lon qilishdi.
Unda «Buxoro» klubi muxlisi tomonidan quyidagi gaplar aytilgan:
«Biz «Navbahor»ga qarshi o‘yindan qaytib kelayotganimizda, PFL «Buxoro» klubidan qandaydir qarzdorlik uchun 3 ochkoni olib tashlashi haqidagi gap-so‘zlarni eshitdik. Biz aniq bilamizki, bu 3 ochko bir jamoaning oltilikka kiritilishi uchun olib tashlanyapti. Bu fakt, bu bilan bahslashib bo‘lmaydi. Chunki uch ochkoni oldinroq yoki keyinroq olib tashlasa ham bo‘lar edi, lekin oltitalik aniqlanayotgan pallada emas.
Agar ertaga PFL «Buxoro»ni uch ochkodan mahrum qilsa, biz petitsiya shaklida imzo to‘plab, FIFAga arz qilamiz, bu ham foyda bermasa O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga murojaat qilamiz.
Bunday PFLning bo‘lganidan bo‘lmagani yaxshi. Bu PFL futbolni o‘ldirmoqda. Bunday tashkilotda futbolni tushunadigan odamlar ishlashi kerak. Bilingki, biz oxirigacha kurashamiz» - deyiladi videodagi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Buxoro» 32 ochko bilan 5-o‘rinda, «Metallurg» 30 ochko bilan 6-o‘rinda, «Qo‘qon-1912» klubi 28 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 20.05.2026
Shavkat Mirziyoyev turli sohalardagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi
22:24 / 18.05.2026
Eron FIFAdan AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish kafolatini oldi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026