O‘zbekiston | 02:02 / 14.08.2018
11440
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik artilleriyachilar «ArMI-2018» musobaqasida ilk bor ishtirok etib ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Qozog‘iston poligonida bo‘lib o‘tgan “ArMI – 2018” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Artilleriya o‘t ochish ustalari” tanlovida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Polkovnik Xojiddinmurod Kamolov yetakchilik qilgan artilleriyachilarimiz 1- va 2-bosqichlarda individual estafeta, 3-bosqichning yarim final bahslarida imkoniyatlarini namoyish etib, finalda Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiyaning eng kuchli artilleriyachi jamoalarini ortda qoldirib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 1-o‘rin mezbonlarga, 3-o‘rin Rossiya va Ozarbayjon vakillariga nasib etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

12 avgust kuni Toshkent Shimoliy vokzalida artilleriyachilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni, shuningdek Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Xitoyning Korla shahri mezbonlik qilgan “ArMI – 2018” Xalqaro armiya o‘yinlarining “Xavfsiz marshrut” tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik harbiylar tantana bilan kutib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati



To‘rt bosqichda bo‘lib o‘tgan “Xavfsiz marshrut” tanlovining yakuniy estafetasi natijalariga  ko‘ra, 3-o‘rinni o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin rossiyalik harbiy xizmatchilarga nasib etdi. Birinchi o‘rinni Xitoy jamoasi qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid