Jamshid Kenjayev effekti. Farg‘onadagi tungi klublar va restoranlar faoliyati cheklanadi
Joriy yilning 13 avgustidan boshlab Farg‘ona viloyati hududida spirtli ichimliklar savdosi soat 21:00dan to‘xtatiladi. Shuningdek, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish muassasalari, restoran, kafe, bar va tungi klublar (mehmonxonalar bundan mustasno) mahalliy vaqt bilan soat 22:30dan yopiladi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning tegishli farmoyishi imzolangan.
«Kun.uz»ga ma'lum bo‘lishicha, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi «Sharq» taktik guruhining hududiy bo‘linmalari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Soliq boshqarmasi va viloyat DSENM rahbarlariga 2018 yilning 13 avgustidan viloyat hududida spirtli ichimliklar sotish (tarqatish) joylarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish maqsadida hamda qonuniyligini ta'minlash bo‘yicha zaruriy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, jamoat joylarida alkogol, tamaki mahsulotlari iste'moli taqiqlangan ogohlantiruvchi matnli belgilar mavjud joylarda spirtli ichimliklarni iste'mol qilgan shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rish vazifalari topshirilgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aholi tinchligini ta'minlash maqsadida alkogol mahsulotlari savdosi tungi soat 21:00 gacha, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 22:00 gacha sotilishi masalasi ko‘rib chiqilgandi.
Shundan so‘ng Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish maskanlari va ko‘ngilochar maskanlar tungi soat 23:00gacha o‘z ishini yakunlashi borasida tushuntirish ishlari olib borilishi boshlangandi.
Bu o‘zgarishlar 9 avgust kuni Toshkent shahridagi «Aurum 898» tungi klubida sportchi Jamshid Kenjayev o‘limi bilan yakunlangan pichoqbozlik voqeasi ortidan ro‘y bermoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08
-
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 22:51
-
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
Jahon | 22:46
-
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
Jahon | 22:45
Mavzuga oid

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

15:15 / 22.04.2025