Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada bojxonachilar metan balloni ichiga yashirilgan telefonlarni fosh qilishdi
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda respublikamizga qo‘l telefonlarini yashirincha olib kirishning antiqa usuli fosh qilindi.
Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi chegaradosh hududda fuqaro Yo.D. boshqaruvida harakatlanayotgan “Lasetti” avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida yoqilg‘i metan balloni ichiga 428 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi aniqlandi.
Xorijda ishlab chiqarilgan, qayta sotish maqsadida respublikamizga olib kirilayotgan 8 turdagi mazkur telefonlarning umumiy qiymati 33 million so‘mdan oshar ekan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 1 iyulidan boshlab, qo‘shni davlatlardan telefon apparati, shu jumladan qo‘l telefonlarini bojxona to‘lovlarini to‘lamay, 1 kalendar oyida chegarani birinchi marotaba kesib o‘tayotganda faqat 1 donadan olib o‘tilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026