Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada yong‘inlar qurbonlari soni 96 kishiga yetdi
Gretsiyada yong‘inlar natijasida halok bo‘lganlar soni 96 kishiga yetdi, deya xabar beradi mamlakatning o‘t o‘chirish xizmati.
«Sharqiy Attikada yong‘in qurbonlari soni hozirgi kunda 96 kishini tashkil etadi», - deya xabar berishgan xizmatdan.
Avvalroq, Markaziy Gretsiya viloyati gubernatori Kostas Bakoyannis kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli Evbeya orolida favqulodda holat e'lon qilgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘t o‘chirish ishlarida yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayvandagi shifoxonada yirik yong‘in yuz berishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.