Tayvanning Sinbey şahridagi şifoxonada yuz bergan yirik yonğin natijasida töqqiz kişi halok böldi. Bu haqda «Sinxua» xabar qildi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, yonğin oqibatida yana 16 kişi turli darajada jarohat olgan.

Ta'kidlanişiça, öt öçiruvçilar şifoxona binosidan 31 kişini xavfsiz joyga köçirişga muvaffaq bölişgan.

Şu bilan birga, jarohat olganlarning 10 nafari öta oğir ahvolda qolmoqda.

Ayni damda politsiya röy bergan hodisaning barça tafsilotlarini aniqlaştiriş bilan band.