Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi ko‘prik qulashi oqibatlarini bartaraf qilish uchun besh million yevro ajratildi
Italiya hukumati ko‘prik qulab tushganidan so‘ng Liguriyada bir yillik favqulodda holat tartibini joriy etdi va fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun dastlabki ishlarga besh million yevro ajratdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Juzeppe Konte ma'lum qildi.
"Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida Liguriya prezidentining so‘rovi qabul qilindi va bir yil muddatga favqulodda holat tartibi joriy etildi.
Shuningdek, fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun dastlabki ishlarga milliy jamg‘armadan besh million yevro ajratildi", — dedi u jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, 14 avgust kuni Genuyadagi ko‘prikning 200 metrga yaqin bo‘lgan qismi qulab tushdi. Natijada 30dan ortiq mashina ko‘prik bo‘laklari ostida qoldi. Ayni paytda 39 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026
O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi
09:20 / 14.05.2026