Ruhoniy: Kaspiy bo‘yicha kelishuvlar AQSh va NATO fitnasining oldini oldi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyaning imzolanishi AQSh va NATOning mintaqaga o‘z qurolli kuchlarini jo‘natish rejasining oldini olganini bildirdi.
"AQSh va NATOning fitnasi shundan iborat ediki, Kaspiy dengizi sohillarida ularning askarlari, Amerika kemalari, vertolyotlari va harbiy bazalari bo‘lishi lozim edi, - deya Ruhoniyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fars agentligi. – Ammo konvensiya Kaspiyda harbiy bazalar va xorij kemalari bo‘lishini taqiqladi. Kelishuvga ko‘ra, ushbu dengizda faqatgina besh Kaspiybo‘yi davlatlaridan birining bayrog‘i ostidagi kema bo‘lishi shart".
Ruhoniy mintaqa xavfsizligi nuqtai nazaridan konvensiya katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
"So‘nggi sammit davomida Eron va boshqa davlatlarni tashvishga solgan qator muhim masalalar yechimini topdi. Ular orasida eng muhimi Kaspiy dengizi xavfsizligi masalasi edi", - deya qayd etdi u.
Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni 20 yillik muhokamalardan so‘ng Rossiya, Eron, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Turkmaniston prezidentlari Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiyani imzolashdi.
Unga ko‘ra, Kaspiy besh mamlakatning quruqlikdagi hududlari bilan o‘ralgan suv havzasi deya nomlandi (dengiz ham, ko‘l ham emas).
Kaspiy akvatoriyasi ichki suvlar, hududiy suvlar, baliqchilik zonalari va umumiy suv maydoniga ajratiladi hamda yer osti boyliklari davlatlar tomonidan xalqaro huquq me'yorlariga asoslangan kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
Mavzuga oid
15:45 / 25.11.2024
O‘zbekiston va Eron innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini muhokama qilyapti
09:02 / 25.11.2024
Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
19:58 / 24.11.2024
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi
19:45 / 22.11.2024