Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston toliblar tufayli Afg‘oniston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazuv punktini yopdi
Tojikiston tojik-afg‘on chegarasidagi «Kokul» nazorat-o‘tkazuv punktini vaqtincha yopdi. «Tolibon» jangarilari 13 avgust kuni Xatlon viloyatining Farxor tumani bilan chegaradosh Oyxonim afg‘on uyezdini qo‘lga kiritishganidan so‘ng ana shunday chora ko‘rildi. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Muhammadjon Ulug‘xo‘jayevga tayanib «ASIA-Plus» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh viloyatlarida «Tolibon» harakati jangarilarining faollashuviga qaramasdan, tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat barqaror turibdi.
«Tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat to‘liq nazorat ostida, - dedi u. – Biz chegaraning narigi tarafida sodir bo‘layotgan voqealardan xabardormiz. Afg‘oniston tomonidan bugungi kunga qadar Tojikistonga nisbatan hech qanday ig‘vogarona harakatlar bo‘lmadi».
U hech qanday chegarani noqonuniy buzish holatlari kuzatilmaganini ta'kidladi.
Afg‘onistonning Tahor viloyati gubernatori matbuot kotibi Halil Asirning so‘zlariga ko‘ra, Oyxonim uyezdi uchun bo‘lgan janglarda 13 nafar chegara politsiyasi xodimlari o‘ldirilgan, yetti nafari jarohatlangan.
«Toliblar nazorat-o‘tkazuv punkti va bojxona qurilmasini egallab olishdi. Hozirda Tahor va Qunduz viloyatlaridagi hukumat qo‘shinlari ushbu hududda qo‘shma operatsiya o‘tkazishga tayyorlanmoqda», - dedi Halil Asir.
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida oltita nazorat-o‘tkazuv punkti joylashgan bo‘lib, ulardan beshtasi har doimgi rejimda ishlamoqda.
Mavzuga oid
09:05
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026