Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Surxondaryoda 17 yoshli qiz va 20 yoshli yigit o‘zini poyezd ostiga tashladi
Ma'lumot uchun aytish kerak, bu joriy yilning shu davriga qadar temir yo‘l bilan sodir bo‘lgan 11-baxtsiz hodisa hisoblanadi. «Yoshlar» telekanalining «Yangi Davr» dasturi muxbiri Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yuz bergan fojia joyiga bordi.
Qayd etilishicha, voqea tungi soat 2:50 atrofida yuz bergan. 17 yoshli voyaga yetmagan qiz hamda 20 yoshli yigit Termizdan Qumqo‘rg‘onga qarab harakatlanayotgan yuk poyezd hodisa joyiga yetib kelishiga 50 metr qolganida temir yo‘l relslari oralig‘iga o‘tirib olgan. Ularning har ikkisi ham voqea joyida vafot etgan.
Har ikki yosh istiqomat qilgan «Qumqishloq» mahallasi raisining aytishicha, yigit qizning uyiga bir necha bor sovchi yuborgan, biroq qiz hali voyaga yetmagani, maktab o‘quvchisi bo‘lgani uchun rad qilingan. Yigitning onasi esa bir yilcha avval vafot etgan, akasi ham hali uylanmagan bo‘lgan.
Hozirgi kunda mazkur holat bo‘yicha Termiz transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
20:37 / 03.06.2026