Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Foto: O‘zA
Hukumat qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, nodavlat ta'lim muassasalarning xodimlari va jismoniy shaxslar esa ular bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.
Qayta tayyorlash shakllari, davomiyligi va o‘quv yuklamasining hajmi:
pedagogik qayta tayyorlash – kamida 4 oy;
kasbiy qayta tayyorlash – kamida 4 oy;
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish – 3 oy.
Qayta tayyorlash kurslari Markaz tashabbusiga ko‘ra shartnoma asosida tashkil etilib, uni tamomlagan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Nizomga ko‘ra endilikda, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarning malaka toifalarini olishi (o‘zgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligini attestatsiyadan o‘tkazishda ularning ushbu qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat (diplom, sertifikat) talab etiladi.
Mavzuga oid
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
15:04 / 31.12.2025
Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi 85 foizga chiqariladi
09:21 / 23.12.2025
Ishonchli boshqaruvchilar aktivlarini baholash har chorakda amalga oshiriladi
22:15 / 21.12.2025