Texnologiya | 21:23 / 16.08.2018
8282
1 daqiqa o‘qiladi

Apple displeyga barmoq bosish orqali smartfonni blokdan chiqarish texnologiyasini patentladi

Amerika korporatsiyasi smartfonni displey orqali blokdan chiqarish texnologiyasini patentladi. Smartfonni himoyadan chiqarish uchun uning ekraniga barmoqni qo‘yish kerak bo‘ladi, deb xabar berdi PatentlyApple.

Foto: Patently Apple


Xabarda aytilishicha, patent olish uchun ariza yanvarda berilgan bo‘lib, shu kunlarda patent ro‘yxatdan o‘tkazildi. Apple’ning bildirishicha, texnologiya ekran ostiga joylashtirilgan dielektrik uzatkich asosida ishlaydi. Sensor barmoq izining 3D-suratini oladi va iPhone’ni bir lahzada blokdan chiqarish imkonini beradi.

Foto: Patently Apple

Ekspertlar bu texnologiya skanerlashning optik usuliga asoslangan boshqa ekran sensorlaridan farqlanishini qayd etishmoqda. Patent uchun ariza iPhone X chiqib bo‘lganidan so‘ng berilgani sababli mazkur texnologiya Apple’ning yangi smartfonlarida qo‘llanilishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid