Jahon | 21:32 / 16.08.2018
4092
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda turistik militsiya tashkil etiladi

Foto: AKIpress

Qirg‘iziston IIV turistik militsiya tashkil etish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, deb ma'lum qildi mamlakat IIV matbuot xizmati boshlig‘i Bakit Seitov.

Bo‘linma markaziy apparatning qisqartirilgan shtati evaziga tashkil etiladi. Turistik militsiya bo‘linmasi xodimlari barcha turistik hududlarda jamoat tartibini saqlash bilan shug‘ullanadi. Bo‘linmaga xodimlarni tanlab olishda ularning bir necha tilni bilishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

Seitovning aytishicha, bo‘linma yil oxiriga qadar tashkil etiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid