Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya kompaniyasi Tashkent City’dagi loyihaga 50 mln dollar investitsiya kiritadi
Tashkent City XIM direksiyasi va Janubiy Koreyaning Bomi Engineering&Construction Co Ltd ixtisoslashgan qurilish kompaniyasi 15 avgust kuni investitsiya shartnomasini imzoladi.
Bomi Engineering&Construction Co Ltd kompaniyasi Tashkent City XIMning yangi investoriga aylandi va ofis binosini quradi. Koreya kompaniyasi ushbu loyihaga $50 mln yo‘naltiradi.
Kompaniya 2021 yilda ko‘p qavatli ofis binosini qurishni yakunlash niyatida.
O‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar 2017 yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifidan so‘ng boshlandi.
Ushbu loyiha barcha xonalar «aqlli» texnologiyalar bilan jihozlanishi va «A» sinfiga mos kelishini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
18:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonliklar xorijga investitsiya kiritishi keskin ko‘paydi
09:15 / 01.07.2026
“Quyoshli xonadon” dasturi inqirozdami?
14:15 / 30.06.2026
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
17:59 / 20.06.2026