Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mali prezidenti o‘z lavozimiga qayta saylandi
Mali prezidenti Ibrohim Boubakar Keyta raqibi Soumali Sisse ustidan 67% ovoz bilan ustun keldi. Bu haqida Hududiy ma'muriyat vazirligi xabar berdi.
Keyta ikkinchi besh yillik muddatga saylandi. Davlat rahbarining birinchi galdagi vazifasi mamlakatning markaziy va shimoliy hududlaridagi etnik guruhlar isyonini to‘xtatishdir.
Jangarilar tomonidan 500ga yaqin saylov uchastkasiga hujum uyushtirilgan. Tumbuktu viloyatining Niafanke shahrida saylov vakili o‘ldirildi.
Raqib Sisse Keytani saylov komissiyasi faoliyatiga aralashganlik va saylov byulletenlarini soxtalashtirganlikda aybladi. Keyta esa bularning barchasini rad etdi.
Saylov natijalari ko‘pchilikni norozi qilayotganligiga qaramasdan, Bamako va boshqa asosiy shaharlar ko‘chalarida namoyishlar uyushtirilmadi.
Mavzuga oid
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
19:06 / 07.06.2026
Sahroyi Kabirda yuk mashina buzilib qolib, 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi
10:59 / 09.05.2026
Urush ichidagi davlat: Malida nimalar bo‘lmoqda?
18:47 / 27.04.2026