Ötgan hafta oxirida Malining bir qança şaharlari, jumladan, poytaxt Bamakoda portlaşlar va otişmalar boşlandi. Mamlakatdagi qurollangan guruhlar butun mamlakat böylab muvofiqlaştirilgan hujumlarni amalga oşirişga kirişdi.

Şanba kuni mamlakat armiyasining Bamakodan 15 km masofadagi Kati şaharçasida joylaşgan eng yirik bazasiga ham hujum qilingan. Bu hujum oqibatida mamlakat mudofaa vaziri, general-leytenant Sadio Kamara ham halok bölgan. Dastlab xorijdagi naşrlarda tarqalgan bu xabar yakşanba kuni Mali harbiy hukumati tomonidan tasdiqlandi.

«Portlovçi moddalar yuklangan va xudkuş boşqaruvida bölgan avtomobil vazir qarorgohiga bostirib bordi, bu yerda u hujum qilganlar bilan otişmaga kirişgan va ulardan bir neçasini yöq qildi […] Jang vaqtida u yaralandi va hospitalga olib borildi, afsuski olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etdi», – deya e’lon qildi televideniye orqali xunta a’zosi, markazsizlaştiriş vaziri, brigada generali Iso Usmon Kulibali.

Harbiy hukumat ma’lumotiga köra, general Kamara bilan birgalikda uning rafiqasi va ikki nabirasi ham halok bölgan, bundan taşqari, portlaş oqibatida uning uyi yonidagi masjid qulaşi oqibatida bir neça kişi xarobalar ostida qolib ketgan.

Poytaxt Bamako yaqinidagi Kati harbiy bazasi yaqinida pozitsiyani egallab turgan malilik askar.

Tuareglarning Azavad ozodligi fronti (FLA) taşkiloti hamda «Al-Qoida»ga aloqdor hisoblangan «Jamoat-nusrat al-Islom val-muslimin» («Islom va musulmonlarni qöllab-quvvatlaş ittifoqi», JNIM) guruhi şanba kuni tongda Katidan taşqari Bamako va uning atrofidagi harbiy bazalar va boşqa obektlarga, şuningdek, mamlakat şimolidagi Kidal, Gao va Sevare kabi şaharlarga ham bir vaqtda hujum uyuştirgan.

Yakşanba kuni keçqurun AFP agentligi xunta rahbari, general Assimi Goyta şanba kuni tongdan buyon jamoatçilikka köriniş bermagani va heç qanday bayonot çiqarmaganiga e’tibor qaratdi. Agentlikning Mali kuçişlatar tuzilmalaridagi manbasi u şanba kuni Katidan evakuatsiya qilingani va maxsus topşiriqli bölinmaning Bamako atrofidagi bazasida xavfsizlikda ekani haqida xabar bergan.

Bundan taşqari, AFP ma’lumotiga köra, Katida şanba kuni bölib ötgan janglarda Mali razvedka xizmati rahbari, general Modibo Kone va boş ştab boşliği, general Umar Diarra ham yaralangani haqida xabar tarqatgan.