Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi huzuridagi jamg‘armaga 16 milliard so‘m ajratadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan belgilanishicha, Moliya vazirligi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasiga Jamg‘armaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak badiiy ahamiyatga ega tasviriy va amaliy san'at asarlarini sotib olish uchun respublika byudjyetining davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan tushadigan mablag‘laridan 2018 yilda 16,0 milliard so‘m ajratadi.
Qayd etilishicha, Jamg‘arma kengashi tomonidan unga yuklangan vazifalar doirasida Jamg‘armaning rejalashtirilgan loyihalarini amalga oshirish uchun Jamg‘armaning 2018 yilgi daromadlari va xarajatlari prognozi, shtatlar jadvali hamda 2018 yilda Jamg‘armaning ijrochi direksiyasini va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasini joriy ta'minlash bo‘yicha xarajatlar smetasi, shuningdek, Jamg‘armaning ijrochi direksiyasi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish sharoitlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026