Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki qavatli hashamatli uy 2,3 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yildi
Toshkent shahrida ikki qavatli hashamatli uy auksionga qo‘yildi. Bundan E-ijro Auksion ma'lumotlari darak beryapti.
Baholangan narxi - 2 342 829 143,00 so‘m. Zakalat puli miqdori - 117 141 457,15 so‘m. Bu narxi 1 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan kam sonli lotlardan biridir.
Mol-mulk Uchtepa tumanida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni - 0,06 ga. Uyning maydoni - 361,55 kv.m. Turar-joy binosi 10ta xonadan iborat.
Ijro hujjatini chiqargan organ nomi - jinoyat ishlari bo‘yicha sud. Ijro hujjatining sanasi - 2017 yilning sentabri.
Auktsion 7 sentabr kuni o‘tkaziladi, arizalar 5 sentabrga qadar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 35ta xonaga ega ikki qavatli bino auksionga qo‘yilgandi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026