Yangi qarorning imzolanishi kutilyapti. U chorvachilikni yanada rivojlantirishga qaratiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Chorvachilikni yanada rivojlantirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davergeodezkadastr qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat veterinariya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda:
uch oy muddatda ozuqa ekinlari uchun ajratilgan yer maydonlarining mavjud chorva bosh soniga mos kelishini to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi;
chorvachilik sub'yektlariga ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida yuqori hosildor ozuqabop ekinlarni ekish
va ularni yetishtirish, jamg‘arish orqali yil davomida talab etiladigan ozuqalarni tayyorlash tizimini yaratilganligi, yer maydonlariga ekilgan ekin turlarini va ularning asosiy faoliyatiga hamda talablariga monandligini o‘rganish;
chorvachilik sub'yektlarida mavjud chorva mollari bosh soni, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmlari hamda yer maydonlaridan ozuqa ekinlaridan olingan hosil to‘g‘risidagi hisobotlarni to‘g‘ri va belgilangan muddatlarda davlat statistika organlariga taqdim etish holati;
ekin ekish, parvarishlash, yetishtirish, yig‘ib olish ulardan qishlovga sifatli ozuqalar tayyorlash va soha uchun zarur bo‘lgan texnika, mexanizm va uskunalar bilan ta'minlanganlik darajasini baholash;
chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum, teri, qorako‘l teri, jun, baliq, asal va boshqalar)ni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi va shartnoma majburiyatlarini bajarilishiga qonuniy baho berish;
zarur texnika, agregat va uskunalarni sotib olishda yaratilgan imtiyozlar, tijorat banklarining kredit mablag‘lari hamda lizing shakllaridan foydalanishning ahvoli, mavjud texnikalarning yaroqliligini tahlil qilish;
mahsulot sotishdan tushgan tushumlarni belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi banklardagi hisob-varag‘iga kirim qilinishini va xarajatlarning bank orqali amalga oshirilishi holatini baholash;
2019 yil 1 yanvardan chorvachilik sub'yektlari tashkil etilgandan boshlab 2 yil muddatda zamonaviy chorvachilik sub'yektlarining o‘z binosiga ega bo‘lishi, talab qilinadigan (haydov, o‘rim-yig‘uv, transport) qishloq xo‘jalik texnikalari parkini shakllantirishi va to‘yimli ozuqa ishlab chiqarish uskunalarini o‘rnatishlari hamda 5 yil davomida chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishlarini ta'minlash;
chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va qayta ishlash tizimini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirilishini ta'minlashdagi kamchilik va muammolarni o‘rganish orqali tizimni yanada rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish topshirildi.
Belgilab qo‘yilishicha, ozuqa ekinlari uchun ajratilgan maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish maqsadida har yili 1 dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tuman hokimliklari tomonidan fermer xo‘jaliklari kesimida qaror bilan tasdiqlangan kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasi taqdim qilinadi.
Belgilanishicha, 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran:
bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda tegishincha, 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa 2 gektarni tashkil etadi;
tuman hokimligining xulosasiga muvofiq, fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan yer uchastkalarida uchinchi shaxs tomonidan mahsulot yetishtirish uchun ikkilamchi ijaraga berishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
Mavzuga oid

20:38 / 31.01.2025
Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQS to‘lovining 50 foizi qaytariladi

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi

07:51 / 26.03.2022