Jahon | 12:57 / 18.08.2018
20296
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti amerikalik tadbirkorlar bilan yaxtada uchrashdi

16 avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «Avaza» yaxtasida Turkmaniston-Amerika biznes kengashi rahbari Erik Styuart va OSI Systems hamda S2 Global kompaniyalari prezidenti Jonatan Fleming bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TDX davlat agentligi xabar berdi.

Foto: TDX

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika kompaniyalari vakili «istiqbolli turkman bozoridagi mavqeni mustahkamlashga» qiziqish bildirgan.

Foto: TDX

Ta'kidlash joizki, kompaniya tashiluvchi yuklar ustidan nazorat qilish tizimlariga ixtisoslashgan. Uskunalar (metallodetektorlar, rentgen skanerlari va boshqalar) xavfsizlik bo‘yicha yuqori talablarga ega bo‘lgan bojxona postlari, aeroportlar va boshqa turli tadbirlarda qurol, portlovchi moddalar, narkotik moddalar hamda boshqa noqonuniy yuklarni aniqlash uchun ishlatiladi.

Turkmaniston rahbariga aniq qanday yechimlar taklif qilinganiga aniqlik kiritilmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid