Abdulaziz Komilov Turkmanistonning yangi elchisini qabul qildi
20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmanistonning favqulodda va muxtor Elchisi etib tayinlangan Yazguli Mammedovni qabul qildi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.
Oliy darajadagi muntazam O‘zbekiston – Turkmaniston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Manbada ta'kidlanishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasini oshirish va uning nomenklaturasini kengaytirish masalasiga muhim ahamiyat berilgan. Shu nuqtai nazardan ikki tomonlama hamkorlik institutlarining navbatdagi majlislarini o‘tkazishning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Mavzuga oid
15:10 / 02.11.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Pokiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
12:30 / 02.11.2024
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunlayapti
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
07:30 / 28.10.2024