LG'ning AI ThinQ sun'iy intellektli qurilmalari oliy mukofotlarga munosib ko‘rildi
LG'ning sun'iy intellektli innovatsiyalari EISA assotsiatsiyasi tomonidan e'tirof etildi
LG Electronics (LG)ning sun'iy intellekt (AI) va dizayn sohasidagi innovatsiyalari Yevropa audio- va videotexnika jurnallari assotsiatsiyasi (EISA) e'tirofiga sazovor bo‘ldi. LG'ning sun'iy intellektli AI ThinQ mahsulotlari, jumladan LG OLED TV, LG SUPER UHD TV televizorlari hamda LG X-BOOM audiotizimi mahsulot va tasvir sifati, sun'iy intellekt va tovush tizimi baholangan nominatsiyalarda yuqori raqobatbardoshligi uchun mukofotlangan.
ThinQ sun'iy intellekt bazasidagi LG OLED TV (OLED65E8 modeli) "2018-2019 yilning eng yaxshi OLED televizori" deb ataldi. Mana yetti yildirki, kompaniya OLED televizorlar nominatsiyasida g‘alaba qozonib kelmoqda. Televizor Alpha 9 protsessori tomonidan ta'minlanayotgan tasvir sifati va real tasvirlarni yetkazib berish imkoniyati, misli ko‘rilmagan yorqin ranglari, aniqliq va chuqurlik, shuningdek sun'iy intellektning beqiyos faoliyati uchun shunday yuqori mukofotga munosib ko‘rilgan. EISA hakamlar hay'ati Dolby Atmos™ tizimi hamda uning kolonkalari ishlashini yuqori baholadi. Har qanday intererga mukammal mos keluvchi "Shishadagi tasvir" dizayni ham maqtovlarga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, ThinQ sun'iy intellektli LG SUPER UHD TV mahsuloti (65SK9500 modeli) Nano Cell texnologiyalari, Full-Array Local Dimming (FALD) chiroqlari, shuningdek LG ThinQ sun'iy intellekt platformasi va Google ovozli yordamchisi uyg‘unlashuvi yordamida erishilgan yuqori tasvir sifati uchun "2018-2019 yilning sun'iy intellektli eng yaxshi televizori" toifasida g‘olib bo‘ldi. ThinQ sun'iy intellektining patentlangan tizimi foydalanuvchilarga televizorni boshqarish, unga tashqi qurilmalarni osonlik bilan ulash, tasvir rejimlarini o‘zgartirish va kerakli kontentni tez topish imkonini beradi. Eng yangi "ovozli yordamchi" texnologiyasi intellektual ovoz nazorati va LG eksklyuziv ishlanmasi asosida bog‘lanishni o‘rnatish uchun tabiiy tilni qayta ishlash funksiyasidan foydalanadi. Google ovozli yordamchisining mavjudligi esa foydalanuvchilarga turli vazifalarni bajarish, savollarga javob topish va aqlli maishiy qurilmalarni nazorat qilish imkonini beradi, bu esa sun'iy intellektli LG televizorlarini aqlli uy markaziga aylantiradi.
LG SUPER UHD TV televizorlari chiroqlari ort tomonidan mustahkam joylashtirilgan LED'larga ega, bu esa LED-lampalarning mustaqil nazorati orqali tasvirning kontrastligi va chuqurligini sezilarli darajada yaxshilaydi. U soya detallarining yanada aniqligi va yuqori mahalliy kontrastligini ta'minlaydi, bu kengaytirilgan yorqin diapazon (HDR)dagi kontentni tomosha qilishda muhim ahamiyatga ega. Nano Cell innovatsion displeyi bilan tomoshabinlar misli ko‘rilmagan ranglar aniqligi va keng ekranda sifatning buzilmasligiga guvoh bo‘lishadi.
EISA shuningdek ThinQ sun'iy intellektiga ega LG X-BOOM audiotizimi (WK7 modeli)ni ham yuqori baholadi va uni yuqori tovush sifati hamda "aqlli" texnologiyalari uyg‘unligi uchun "2018-2019 yilning sun'iy intellektli eng yaxshi akustik tizimi", deya e'tirof etdi. LG'ning keng ko‘lamli audio bo‘yicha yetakchi Meridian kompaniyasi (Britaniya) bilan hamkorligi LG X-BOOM tizimini yuqori sifatli audioxizmat, ovoz va baslarni aniq yetkazib berish funksiyasi bilan ta'minlaydi. Qurilmaning yuqori sezuvchanlikka ega audiotizimi yuqori sifatli fayllar bilan ishlay oladi, bu esa studiyada yozilgan ovozlarni aniq yetkazish imkonini beradi.
ThinQ sun'iy intellektli LG X-BOOM boshqaruv pulti yoki smartfon qo‘llanmagan holatlarda ham turli buyruqlarga reaksiya qila oladi. Masalan, "Okey, Google, bugunga rejalarim qanday?" savoliga javob bera oladi. Bu audiotizim Google ovozli yordamchisi bilan "aqlli uy"ning boshqa qurilmalarini ham nazorat qila oladi, LG ThinQ tizimi bilan taqdim etiluvchi LG maishiy uskunalari ham shular jumlasidandir.
2018-2019 yilning saundbarlari orasida LG SK10Y modeli g‘olib bo‘ldi. 5.1.2 formatini qo‘llab-quvvatlovchi hamda mavjudlik effektini hosil qiluvchi 550W'li bu saundbar har tomondan jaranglovchi ko‘p yo‘nalishli tovush effekti uchun Dolby Atmos® tizimidan foydalanadi. LG SK10Y Meridian texnologiyasi yordamida matn va musiqani yuqori sifatda uzatadi.
LG SK10Y paneli shuningdek yuqori sifatli audiofayllar bilan ishlay oladi, bu unga studiyada yozilgan tovushlarni aniq yetkazish imkonini beradi. U har bir trekning nozik detallariga urg‘u berib, standart audiofayllarni 24 bit/192kGts formatiga konvertatsiya qila oladi. Yuqori aniqlikdagi saundbar dizayni premium televizorlar va Chromecast'ni qo‘llovchi boshqa "aqlli" qurilmalar bilan mukammal uyg‘unlashadi. Shunday ekan, oddiy "Okey, Google" buyrug‘i bilan qo‘shiqlarni tinglab, baxramand bo‘lishingiz mumkin.
"LG kompaniyasi sun'iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar uchun sohaning yetakchi ekspertlari tomonidan taqdim etilgan mukofotlari bilan faxrlanadi, - deydi LG Home Entertainment Company prezidenti Brayan Kvon. - LG kompaniyasi bu soha bo‘yicha dunyodagi asosiy o‘yinchi bo‘lgan va bo‘lishda davom etmoqda hamda o‘z mijozlariga yangi darajadagi aqlli qurilmalarni taklif qilmoqda. Bu esa bizning ilg‘or texnologiyalar yordamida hayotni yanada qulay qilish missiyamizga to‘liq mos keladi".
31 avgust - 5 sentabr kunlari Berlinda bo‘lib o‘tadigan Messe Berlin ko‘rgazmasining 18-zalida LG stendiga tashrif buyurganlar ThinQ sahsulotlari lineykasini shaxsan baholash imkoniga ega bo‘lishadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
23:49 / 11.11.2022
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish etdi
16:56 / 24.08.2022
LG NanoCell bilan xonaning istalgan nuqtasidan tasvir sifati va yorqinligi
09:00 / 19.08.2022