Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonga «HALAL» sertifikatlashtirish tizimini joriy etishda yordam beradi
«O‘zstandart» agentligi va Kuala-Lumpurdagi O‘zbekiston elchixonasi mamlakatda «HALAL» sertifikatlash tizimini joriy etish ustida ish olib bormoqda, u Malayziya bozoriga kirib borish va eksport hajmini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston diplomatik missiyasi tomonidan «O‘zstandart» agentligining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Orifboyev va «Sertifikatlashtirish sinovlari respublika markazi» DK direktori A.Zokirovning Malayziyaga tashrifi tashkil etildi. Ular halol sertifikatlash sohasida mamlakat tajribasini o‘rganishdi.
Tashrif doirasida Islom taraqqiyoti departamentida (JAKIM) muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida halol sertifikatlashni birgalikda joriy etish va Malayziya tashkiloti tomonidan halol sertifikatlash uchun rasmiy organ sifatida o‘zbek agentligini rasmiy e'tirof etish to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.
Malayziya tajribasini ushbu sohada o‘rganish, shuningdek, «Halal» sertifikatini berish, sinov ishlarini olib borish, tegishli laboratoriyalar faoliyati va kadrlar malakasini oshirish tizimi bilan tanishish maqsadida «O‘zstandart» agentligi vakillari uchun «Global Haltech» kompaniyasiga tashrif tashkillashtirildi.
Muzokaralar yakunida «Global Haltech» kompaniyasi bilan Malayziya kompaniyasi bilan birgalikda mamlakatda halol sertifikatlash sohasida hamkorlik qilish va ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash bo‘yicha bitim imzoladi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
11:42 / 02.06.2026