Jamiyat | 16:25 / 20.08.2018
12421
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda avtohalokat. Yo‘lovchi va haydovchi halok bo‘ldi

Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 19 avgust  kuni fuqaro O.M. boshqaruvidagi  “Lasetti” rusumli avtomashinani “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” yo‘lining 26-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Sh.A. boshqaruvidagi “VAZ-21013” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “VAZ-21013” avtomashinasi yo‘lovchisi H.G‘. jarohat olib voqea joyida va haydovchi Sh.A. esa kasalxonada halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boysunda mudhish YTH yuz bergani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid