Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov toliblar bilan muloqot haqida ma'lumot berdi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya «Tolibon» harakati vakillari bilan muloqotlar mavjudligini hech qachon yashirmaganligini ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
«Biz eng avvalo Afg‘onistondagi Rossiya fuqarolari, Rossiya muassasalari xavfsizligi manfaatlarini ta'minlash hamda toliblarni qurolli kurashdan voz kechib, hukumat bilan umummilliy muloqotga kirishishlariga erishish maqsadida ushbu aloqalarni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston hukumati va mazkur harakat vakillari 4 sentabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda qatnashishni rejalashtirishmoqda. Uchrashuv mavzusi Afg‘onistondagi yarashuv istiqbollari bo‘ladi.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani «Tolibon» harakati bilan o‘zaro o‘t ochish to‘xtatilishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026