O‘zbekiston | 16:51 / 21.08.2018
7388
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasi doirasida yangi temir yo‘l o‘tkazish shoxobchasi quriladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi doirasida Oqko‘prik temir yo‘l o‘tkazish shoxobchasini qurish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2018-2019 yillarda  «O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi doirasida Oqko‘prik temir yo‘l o‘tkazish shoxobchasini qurish» loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilar belgilab qo‘yiladi:

buyurtmachi – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ;
moliyalashtirish manbalari - «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning o‘z mablag‘lari.

«O‘zbekiston  temir yo‘llari» AJ  Bosh loyihalash  tashkiloti  bilan  hamkorlikda  ishchi  loyiha  tayyorlanishini, uning ko‘rib  chiqilishi  va  vakolatli  ekspertiza  idoralari  bilan kelishilishini,  hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi  qurilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyihalash boshqarmasi  milliy  agentligi loyihaga oid loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati o‘rnatilishini ta'minlaydi.

Toshkent viloyati hokimligi o‘rnatilgan tartibda:

loyiha-smeta hujjatlari taqdim  etilganidan keyin bir oylik  muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi doirasida Oqko‘prik temir yo‘l o‘tkazish shoxobchasini qurish uchun yer ajratib berilishini;

loyihada ko‘zda tutilgan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi davlat chegarasi doirasida Oqko‘prik temir yo‘l o‘tkazish shoxobchasini qurish ishlari amalga oshiriladigan hududda yashaydigan fuqarolarni boshqa joyga ko‘chirilishini;

yer uchastkalari ajratib olinganligi uchun, fermer xo‘jaliklari ko‘rgan zarar uchun, kesilgan daraxtlar uchun  hamda fuqarolarni ko‘chirish uchun  tovon to‘lovlari  «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mablag‘lari hamda boshqa qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid