Yunon-rum kurashi. Assakalov va Abdullayev finalga chiqdi
Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
Yunon-rum kurashchilarimizdan Bislan Nalgiyev (-77kg) nimchorak finalda indoneziyalik Sulayeman Andikani 9:0 hisobida mag‘lub etdi. Rustam Assakalov (-87kg) nimchorak finalda qozog‘istonlik Azamat Kustubayevni 2:1 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Mo‘minjon Abdullayev (-130kg) Janubiy Koreya vakili Kim Minni 7:0 hisobida tor-mor keltirdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan Jahongir Turdiyev (-97kg) xitoylik Xao Diga 0:4 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Bilan Nalgiyev keyingi bosqichda qirg‘izistonlik Akjal Mahmudovga qarshi bahsda 4:6 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Rustam Assakalov esa qirg‘izistonlik Samat Shirdakovni 9:0 hisobida mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi.
Mo‘minjon Abdullayev tojikistonlik Suhroj Azizovni 9:0 hisobida muddatidan oldin mag‘lub etdi.
Rustam Assakalov yarim finalda hindistonlik Singh Harpretni 10:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Oltin medal uchun u eronlik Husayn Nuriga qarshi gilamga chiqadi.
Mo‘minjon Abdullayev yarim finalda eronlik raqib bilan kuch sinashdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik kurashchi g‘alaba qozonib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
16:30 / 29.10.2024