Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Shimolga Olimpiada-2020’da umumiy jamoa bo‘lib ishtirok etishni taklif qildi
Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga 2020 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiadada turli sport turlari bo‘yicha umumiy jamoalar tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning madaniyat, sport va turizm vaziri To Chon Xvan aytib o‘tgan.
“Biz Shimoliy Koreya bilan Tokiodagi Olimpiada arafasida birlashgan jamoalar bilan qanday yo‘l tutish kerakligi masalasini muhokama qilgandik. Biz shuningdek bunday jamoalardan ko‘proq tuzish maqsadida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish haqida fikr almashganmiz”, deb aytgan janubiy koreyalik vazir.
Ikki davlat birlashgan jamoa bo‘lib ishtirok etish tajribasiga ega. 9 fevralda Janub va Shimol delegatsiyalari 2018 yilgi qishki Olimpiada ochilishi marosimida bir jamoa bo‘lib, Koreyaning yagona bayrog‘i ostida birgalikda ishtirok etishgan. Shuningdek, ikki davlatning ayollar xokkey jamoalari Olimpiadada umumiy jamoa bo‘lib ishtirok etgan. Ayni vaqtda Indoneziyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida ham ikki davlatning bir nechta birlashgan jamoalari ishtirok etmoqda.
XXXII yozgi Olimpiada Tokioda 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha qadar davom etadi.
Mavzuga oid
09:03 / 27.05.2026
Shimoliy Koreya bir nechta turdagi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026