Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaga kuchli to‘fon yopirilishi kutilmoqda. Yuzlab aviareyslar bekor qilindi
Yaqin soatlarda Yaponiyaga “Simaron” to‘foni yopirilishi kutilmoqda. To‘fon mamlakatning yaqinda toshqinga uchragan markaziy hududlarini qamrab olishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, Sikoku orolidagi 3 ta prefekturadan 65 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
To‘fon sababli Sikoku oroli va Xonsyu orolining g‘arbiy hududlarini mamlakatning boshqa qismlari bilan bog‘lovchi 330 dan ko‘proq mahalliy reys bekor qilingan.
Ta'kidlanishicha, to‘fonning markaziy qismida shamol tezligi 45 m/soniyani tashkil qilmoqda. Yaponiya g‘arbida 600-800 mm, ba'zi hududlarda esa 1000 mm yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa toshqin va ko‘chkilarga olib kelishi mumkin.
Mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ehtiyot choralarini ko‘rishni buyurgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026