O‘zbekiston | 13:14 / 23.08.2018
4157
3 daqiqa o‘qiladi

Muayyan yashash joyi bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlari bo‘yicha dastur tasdiqlanadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “ 2019-2020 yillarda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan 2019 – 2020 yillarga mo‘ljallangan dastur tasdiqlanishi mumkin.

Obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyalar – buyurtmachi etib belgilanadi;

bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolari orqali aniqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda obektlarni qurish uchun yer uchastkalarini aniqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 75, 100 va 200 o‘rinli Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining loyihalarini ishlab chiqishni va namunaviy loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan o‘tkazishni ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini hamda 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturini 2020 yilga shakllantirish jarayonida obektlarni moliyalashtirish uchun Buyurtmachilarning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutadi.

Belgilab qo‘yilishicha, obektlarni qurish ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida hamda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturida nazarda tutilgan markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar doirasida, rekonstruksiya qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjyetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi yuzasidan o‘rnatilgan tartibda qurilish nazoratini o‘rnatadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid