Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni isloh qilish fikridan qaytdi
Saudiya Arabistoni hukumati dunyodagi eng yirik neft shirkati Saudi Aramco’ning besh foizlik aksiyalar to‘plamini birjada birlamchi joylashtirishdan voz kechdi. Bu haqda Reuters mamlakat neft va gaz sohasidagi manbalarga tayanib xabar bermoqda. Ushbu bitim podshohlik iqtisodiyotini qayta qurish bo‘yicha global rejaning asosiy qismi edi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, IPO ustida ishlagan xalqaro moliyaviy maslahatchilar Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan bir muncha vaqt oldin chaqirib olingan. Rasmiy ravishda, bu hali e'lon qilinmadi.
Kelishuvdan voz kechishning ehtimoliy sababi shunda bo‘lishi mumkinki, Saudi Aramco rahbariyati Saudi Basic Industries Corporation (SABIC) milliy neft-kimyo kompaniyasida «strategik ulushni qo‘lga olishga e'tibor qarata boshlagan». Hozirda uning 70 foiz aksiyalari podshohlikning asosiy suveren fondiga, yana 5,7 foizi - davlat ijtimoiy sug‘urta fondiga tegishli.
Saudi Aramco’ning besh foizini birjada sotish bo‘yicha bitimi 2016 yilda podshohlik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon tomonidan e'lon qilingandi. U Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini isloh qilish bo‘yicha «2030 yilni his etish» global dasturining asosiy qismi bo‘lishi kerak edi. Dastur, shuningdek, Misr va Iordaniya bilan chegarada Neom megashahri qurilishini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Hukumat to‘plam qiymatini 100 milliard dollarga baholadi, butun kompaniya esa - ikki trillion. Kelishuv qayta-qayta qoldirildi. 2018 yilning bahorida uning bekor qilinishi haqida birinchi marta ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024