Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etiladigan yangi sanani e'lon qildi
Skripallar ishi tufayli AQShning yangi sanksiyalari 27 avgust, dushanba kunidan kuchga kirishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» Davlat departamenti vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Vakilning ta'kidlashicha, federal registrda sanksiyalar haqida xabardor etish bo‘yicha qonuniy muddat 22 avgust kuni tugagan.
«Biz sanksiyalarni kuchga kiritadigan bildirishnomani federal registrga kiritdik, hamda u 27 avgust kuni e'lon qilinishini kutmoqdamiz», - deya ma'lum qildi vakil.
Qo‘shma Shtatlar Britaniyaning Solsberi shahrida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi tufayli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Credit Suisse rossiyaliklarning 5 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatgandi.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026