Facebook mahsulotlari dizayneri Gerron Engstrom qanday qilib dunyoning yetakchi texnologik kompaniyasiga ishga joylashishga va millionlab foydalanuvchilar uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgani haqida maqola uxdesign.cc'ga so‘zlab berdi.

Kareraning 1-bosqichi: Yangi dizayner

Vaqt: 2,5 yil/Tajriba: kichik/ Ish beruvchi: Mitchell International

Mening kareram texnik jihatdan 2011 yilning aprelida boshlandi. Menga San-Diyegoda korporativ dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kichik kompaniyada amaliyot o‘tashni taklif qilishdi. Men juda yosh edim: nazariyani yaxshi bilardim, lekin olgan bilimlarimni amalda qo‘llay olmasdim. Men atamalarni yaxshi bilardim, ammo barchasini boshidan o‘rganishim kerak edi.

Men real ko‘nikmalarim yo‘qligini juda yaxshi anglab yetardim, shuning uchun doimiy ravishda rivojlanish va o‘z ustimda ishlashimga to‘g‘ri keldi. Men ma'lumot izlardim. Dizayn to‘g‘risidagi barcha kitoblarni o‘qib chiqardim. Mavzuga doir barcha konferensiyalarda ishtirok etardim va olgan bilimlarimni amaliyotda qo‘llashga harakat qilar edim.

Foto: Unsplash

Sekin-asta loyihalashtirish uchun turli jihozlarni o‘zlashtira boshladim. Men ishlagan kompaniya biroz eski maktabga tegishli edi, shunday ekan, u yerda Windows'da ishlovchi stol kompyuteridan foydalanardim. U paytlar bu mening imkoniyatlarimni chegaralayotganini tushunmaganman. Omnigraffle, Photoshop va Illustrator men qo‘llay oluvchi jihozlar edi.

Men universitetni amaliy ko‘nikmalarsiz tugallaganman, shu bois Adobe lineykasi jihozlaridan foydalanish men uchun qorong‘u edi. Kompaniyaga shuningdek frontend-ishlab chiqaruvchilar yetishmasdi. Bu mahsulotlar loyihadagidek ishlab chiqarilmasligiga olib kelardi. Men frontend-ishlanmalarni tushunmaganim sabab dasturchilar bilan til topisha olmasdim.

Shuning uchun veb-ishlanmalar va grafik dizayn kurslariga yozildim. Ularni tugallaganimdan keyin darhol tajribali grafik dizayner bo‘la olmagan bo‘lsam-da, har holda jihozlardan ishonchli foydalana olardim.

Rahbarim haqida ham ikki og‘iz so‘z. Bu borada omadim keldi, zero u mening do‘stim va murabbiyimga aylandi. Bu bosqichda maslahat va yordam so‘rab murojaat qilish mumkin bo‘lgan insonning bo‘lishi juda muhim. Do‘stona munosabatlarimizga bizning ilgari hamkasb bo‘lganimiz ham turtki berdi. Uning shaxsiy boshqaruv uslubi hatto hozir ham meni menejyer roli haqida o‘ylashga majbur qiladi.