Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoning nutqi paytida faxriy qorovul askari hushidan ketib qoldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Kiyevda mamlakat Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan paraddagi nutqi davomida faxriy qorovul askari hushidan ketib qoldi. Bu haqda FAN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, askarni uning yonida turgan odamlar ushlab qolishgan va chetga olib chiqishgan. Shundan keyin faxriy qorovul o‘zgartirildi.
Ehtimol, askar hozir Kiyevda kuzatilayotgan issiq ob-havo tufayli o‘zini yomon his qilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina bosh prokurori Poroshenkoning asosiy kamchiligini ma'lum qilgandi.
Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenkoning bildirishicha, prezident Pyotr Poroshenko xalq bilan tez-tez muloqot qilmayapti.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026