Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina bosh prokurori Poroshenkoning asosiy kamchiligini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xalq bilan tez-tez muloqot qilmayapti. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko «Ukraina haqiqati» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Nashr jurnalisti bosh prokurordan davlat rahbari sifatidagi «Poroshenkoning eng katta kamchiligi»ni aytishni so‘radi.
«Menimcha, prezident tez-tez odamlar bilan muloqot qilishi kerak. So‘nggi vaqtlarda uning odamlar bilan muloqotda bo‘lganini eshitmadim. Men unga bu haqda aytdim, shuning uchun bu yerda takrorlashim mumkin. Mening tushunishimcha, prezident - har qanday holatda ham yetakchi», - deya ma'lum qildi Lutsenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, davlat rahbari odamlarga «qayerda ekanligimiz, nima uchun bu sodir bo‘lgani, qayerga ketayotganimiz va buni qanday amalga oshirishimiz mumkinligini» tushuntirishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sharqida Rossiya armiyasining «izlari» topilgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 15.07.2026
Ukraina Boshqirdiston va Kubandagi neft obektlarini nishonga oldi
09:10 / 15.07.2026
Rossiya qo‘shinlari Izyumga hujum uyushtirdi
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
17:50 / 14.07.2026