O‘zbekiston | 19:00 / 24.08.2018
12672
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston safarini yakunlab, Toshkentga qaytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Orol dengizi masalasiga bag‘ishlangan sammitdagi ishtirokini yakunlab, Toshkentga qaytdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda

Sammit doirasida O‘zbekiston rahbari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, prezident Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlari bilan tor doiradagi uchrashuvda qatnashdi.

Uchrashuvda Orol muammosi oqibatlarini yumshatish, suvni tejash va hududdagi ekologik holatni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini birlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari Orol bo‘yicha suv va ekologiya muammolarini birgalikda hal qilishga kelishib olishdi.

Mavzuga oid