Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
2018 yil 24 avgust kuni Turkmanboshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlat rahbarini Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta'sischi mamlakatlari sammiti ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligini yuqori baholab, O‘zbekiston bilan Turkmanistonning bu boradagi loyihalari va tashabbuslari bir-birini to‘ldirishini qayd etdi.
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi ko‘p qirrali aloqalarga yangi sur'at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta'kidlandi.
Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga e'tibor qaratildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025