Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Orol muammosi muhokama qilindi
Turkmanboshi shahridagi “Avaza” sayyohlik zonasida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlari majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Avval tor doirada uchrashuv bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov ishtirok etdi.
Majlisda Orol muammosi, hududdagi ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz Orolbo‘yi hududida qator keng miqyosli loyihalarni amalga oshirdi. Orol dengizi qurigan 350 ming gektar maydonga saksovul va sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga yetdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Orol halokati oqibatlarini yumshatish va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish bo‘yicha 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan ko‘pi milliy loyihalardir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 yanvardagi qaroriga muvofiq 2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Bu mablag‘lar hisobidan aniq amaliy ishlar qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta'minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda, deyilgan xabarda.
Uchrashuvda Orol muammosi oqibatlarini yumshatish, suvni tejash va hududdagi ekologik holatni yaxshilash, Markaziy Osiyo mamlakatlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini birlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026