Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat rahbarlari Orol bo‘yicha suv va ekologiya muammolarini birgalikda hal qilishga kelishib olishdi
Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tilishini ta'kidladi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar ta'sischi davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
11:50 / 11.12.2025