Jahon | 07:46 / 24.08.2018
8882
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning impichment qilinishi xalq g‘alayonlariga olib keladi – Nyu-Yorkning sobiq meri

Foto: AP Photo/Charles Krupa

Agar AQSh prezidenti Donald Tramp impichment orqali iste'foga jo‘natilsa, Amerika xalqi g‘alayon ko‘taradi. Bu haqda Nyu-Yorkning sobiq meri, hozirda Trampning yuristi Rudolf Juliani Sky News britan telekanaliga intervyusida aytib o‘tdi.

Juliani Trampning sobiq advokati Maykl Koenning bo‘lg‘usi prezident ishqiy munosabatlarda bo‘lgan 2 ayolga sukut saqlash uchun pul to‘lagani haqidagi ko‘rsatmalariga izoh berarkan, Tramp “ehtimol, xato qilganini”, biroq Koenning suddagi aytganlari kam ahamiyatli ekanini aytgan.

“Bu yigit Rossiyaning saylovlarga aralashuvi, Trampga qarshi kampaniya haqida hech narsa bilmaydi. U shunchaki yolg‘onchi”, deb aytgan Juliani. 

Avvalroq Trampning o‘zi agar unga impichment e'lon qilinadigan bo‘lsa, unda bu AQSh iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga olib kelishini aytgan

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid