Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashkiloti 50 nafar rossiyalikni o‘ldirishni rejalashtirgan - Rossiya TQ
Rossiya Tergov qo‘mitasi Ukrainaning «Praviy sektor» tashkiloti qator ishtirokchilariga qarshi jinoiy ish ochdi. Bu haqda mahkamaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tergov qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, ishni ochish uchun «Praviy sektor» Markaziy milliy sudining hukmi» e'lon qilinishi sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, tashkilot ishtirokchilariga Aleksandr Kostenkoning sudlanishiga aloqador bo‘lgan rossiyalik 50 nafar davlat, sud hamda huquqni muhofaza qilish organlari mansablarini «qulay vaqtda va maqsadga muvofiq usulda» o‘ldirish lozimligi ko‘rsatilgan.
Kutilishicha, yaqin vaqt ichida tergov Yarosh, Tarasenko, Stempitskiy, Voronov, Bikovnitskiy, Malinovskaya, Netkanov va Maksimenkoni ayblanuvchilar sifatida jalb etish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Tergov qo‘mitasidan ta'kidlashlaricha, ularni xalqaro qidiruvga berish va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainadagi harbiy parad Kremlda «zilzila» keltirib chiqarishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026