Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokatlarga tergov hibsxonalarida mobil telefondan foydalanishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda advokatning himoya ostidagi shaxs bilan audio va video kuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonada hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta'minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlab qolinadi.
Shuningdek, advokatning himoya ostidagi shaxs bilan uchrashish jarayonida elektron vositalardan (mobil telefon, fotoapparat va diktofon) foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bunda advokat tomonidan elektron vositalardan ma'lumotlarni qayd etish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
17:09 / 02.07.2026
Gadjetlar tanangizni siz sezmagan usullarda o‘zgartirmoqda. Buning oldini olish mumkin
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
11:45 / 15.06.2026
Advokatlar davlat muassasalariga shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatishi mumkin
10:06 / 25.04.2026