O‘zbekiston | 15:09 / 25.08.2018
6182
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatida 49 kilometrlik yangi suv o‘tkazgich quriladi

Illyustrativ foto

Andijon viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta'minlash ishlari yaxshilanadi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.

Andijon viloyatida 2018-2021 yillarda «Xonobod-Andijon» magistral suv o‘tkazgichning ikkinchi tarmog‘i quriladi. Uning doirasida uzunligi 49 kilometr bo‘lgan «Qo‘rg‘ontepa-Asaka» suv o‘tkazgich va «Bog‘ishamol» suv taqsimlash uzeli barpo etiladi.

Shuningdek, Andijon viloyatining Xonobod shahri kanalizatsiya tizimi rekonstruksiya qilinadi. Uning doirasida quvvati sutkasiga 5 ming kub metr bo‘lgan kanalizatsiya tozalash inshootlari quriladi, Xonobod shahrida kanalizatsiya kollektorlari quriladi hamda rekonstruksiya qilinadi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi buyurtmachi, «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» DUK bosh loyiha tashkiloti bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid