O‘zbekiston | 15:13 / 25.08.2018
6769
2 daqiqa o‘qiladi

Chustda aeroponika usulida urug‘lik kartoshkani ko‘paytirish bo‘yicha 5 yilga mo‘ljallangan biznes-reja amalga oshiriladi 

Foto: Dreamstime

Namangan viloyatida 2019-2022 yillarda aeroponika usulida urug‘lik kartoshka yetishtirishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Namangan viloyati Chust tumanida aeroponika usulida urug‘lik kartoshkani yildan-yilga ko‘paytirib borish, kelgusida respublikaning boshqa hududlaridagi fermer xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan ta'minlash maqsadida 5 yilga mo‘ljallangan biznes-reja ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. 

“Baraka meva sanoat servis” MChJ Chust tumanidan ajratib beriladigan 2 gektar yer maydonida aeroponika usulida kartoshkaning 1-avlod minituganaklarini yetishtirish hamda eksport qilishni amalga oshirish va valyuta tushumini ko‘paytirish uchun 15 gektar maydonda zamonaviy texnologiyalar asosida 2018 yil 15 oktabrgacha issiqxonalarni tashkil etish choralarini ko‘radi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo institutida virusdan xoli in-vitro (ozuqa muhitida) sharoitida yetishtirilgan kartoshka o‘simligi va mikrotuganaklari bilan “Baraka meva sanoat servis” MChJni shartnoma asosida to‘liq ta'minlash choralarini ko‘radi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid