Farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda

Foto: Depositphotos
Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi 2018–2022 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi, deb yozmoqda Norma.
Prezidentning «2018–2022 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
Ma'lumot uchun: O‘zbekistonda quyidagilar tibbiy amaliyotda qo‘llanishiga ruxsat berilgan:
• xorijda ishlab chiqarilgan 6 218 ta dori vositalarining savdo nomlari;
• o‘zimizda ishlab chiqarilgan 2 462 ta dori vositalarining savdo nomlari;
• 1 586 ta nomdagi, sh.j. o‘zimizda ishlab chiqarilgan 228 ta nomdagi tibbiyot buyumlari.
Kontseptsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:
• aholi va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining ADVRga kiritilgan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
• korxona va tashkilotlar dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga doir xalqaro talablarga uyg‘unlashtirilgan standartlar talablariga muvofiqligini ta'minlash orqali mahalliy farmatsevtika sohasini rivojlantirish;
• GCP va GLP xalqaro standartlariga muvofiq klinikaoldi va klinik tadqiqotlar o‘tkazuvchi davlat markazlari, shuningdek laboratoriyalarni tashkil etish;
• ichki bozorni insofsiz raqobatdan himoya qilish hamda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning bozorga chiqish sharoitlarini tenglashtirish;
• farmatsevtika sohasini texnologik jihatdan qayta qurollantirish;
• import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilishini rag‘batlantirish;
• xalqaro farmakopeyalar bilan uyg‘unlashtirilgan O‘zbekiston Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
• farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun mutaxassislarni tayyorlash.
Kontseptsiya loyihasida mahalliy farmatsevtikani rivojlantirish faoliyatining 5 ta asosiy yo‘nalishi ajratib ko‘rsatilgan.
Respublikada 152 ta farmatsevtika korxonasi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaradi.
O‘zbekiston hududiy-geografik joylashuvi xususiyatiga ko‘ra quyidagilarni ishlab chiqarish uchun istiqbolli baza hisoblanadi:
• o‘simlik xom ashyosidan substansiyalar va tayyor dori preparatlari;
• noorganik va mineral xom ashyodan substansiyalar va dori vositalari;
• radiofarmpreparatlar;
• tibbiyot buyumlari.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga (ADVR) kiruvchi dori vositalari iste'moli hajmining 27%ini ta'minlamoqdalar.
In'yektsiya va infuzion shakldagi talabgir preparatlarning ayrim turlari bo‘yicha 80%dan ortiq import o‘rnini bosishga erishilgan.
Kontseptsiya samarali amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida quyidagilar ham rejalashtirilmoqda:
• ijroiya hokimiyati organlari, Bosh prokuratura, Oliy Majlis va jamoatchilik, Farmatsevtika sanoati korxonalari uyushmasi vakillaridan tashkil topgan Kontseptsiya amalga oshirilishini monitoring qiluvchi Prezident huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish;
• Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Kontseptsiyani amalga oshirish amaliy dastagi sifatida 2022 yilgacha Farmatsevtika sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifasini topshirish, uning doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning batafsil bayoni, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, samaradorlik indikatorlari va ularning ko‘rsatkichlari, moliyaviy-iqtisodiy asoslanma, moliyalashtirish manbalari, asosiy ijrochilar va yordamchi ijrochilar, zarur qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlar ro‘yxati nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

16:43 / 12.03.2025
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amaliyotida qo‘llashga ruxsat beriladigan dorilar ro‘yxati tasdiqlandi

21:09 / 26.02.2025
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

15:44 / 05.04.2024
Toshkent shahar hokimligi bir qancha loyihalar konsepsiyasiga 825 mln so‘m ajratdi

17:11 / 16.02.2024