O‘zbekiston | 11:13 / 25.08.2018
2917
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston O‘zbekiston IT-texnologiyalar sohasiga innovatsiyalarni tatbiq etishda yordam beradi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati

Hindiston O‘zbekistonga IT-texnologiyalar sohasiga innovatsiyalarni tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini izhor etdilar. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasining Hindiston kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shu haqda aytildi.

“SUN OVERSEAS” kompaniyasi bilan uchrashuvda O‘zbekistonning energetika va IT-texnologiyalar sohalariga investorlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida ilmiy-texnikaviy, innovatsion yutuqlarni tijoratlashtirish jarayonini tezlashtirishga, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 

Hindiston tomoni o‘z navbatida elektron hukumat (e-governance), telemeditsina (e-Health) va distansion ta'lim (e-Education)ni shakllantirish borasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishga qiziqish bildirdi.

Hindiston texnikaviy va iqtisodiy hamkorlik Dasturi (Indian Technical and Economic Cooperation ¬– ITEC Programme) doirasida ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, OTMlar mutaxassislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli sohadagi innovatsion rivojlanishga mas'ul bo‘limlari xodimlari, xususiy biznes vakillari bepul xorijiy stajirovka o‘tash imkoniyati ham paydo bo‘ladi. Mazkur loyihaning muvofiqlashtiruvchi organ sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligi etib tayinlanishi taklif etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid