Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda TIV sobiq xodimi ushlandi. U Toshkentdagi elchixonani qurishda o‘g‘irliklarda gumonlanmoqda
Foto: presidentlibrary.kz
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining sobiq mas'ul kotibi Anarbek Karashev pora olganlikda ayblanmoqda, huquq-tartibot idoralari xodimlari uning uyidan 1,5 million dollar topishdi. Bu ish bo‘yicha olti kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, deya xabar beradi «Astana-TV» telekanali.
«Karashev qo‘li ostidagi xodimlardan tizimli ravishda pora olganlikda ayblanmoqda, qolganlar esa tadbirlarni tashkillashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlardan 28 mln tengedan ortiq miqdorda noqonuniy pul mukofotlarini olish holati yuzasidan jalb qilingan», - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston Respublikasining Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining o‘rinbosari Oljas Bektenov.
Tashqi siyosat idorasida Qozog‘iston Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi raisining o‘rinbosari Oljas Bektenov va Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Bektenov, vazirlikning mansabdor shaxslariga nisbatan korruptsion jinoyatlarni sodir etganlik faktlari to‘g‘risida qator ishlar yuzasidan ba'zi tafsilotlarni ma'lum qildi.
Gumonlanuvchilar Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi binosini kapital ta'mirlash bo‘yicha amalga oshirilmagan ishlarga to‘lovlarni amalga oshirgani ham aniqlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu harakatlar natijasida zarar 70 million tengeni tashkil qildi.
Mavzuga oid
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026