Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i “Telegram” orqali murojaatlarni qabul qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining “Telegram”dagi @Qurolli_Kuchlar_Akademiyasi_bot nomli rasmiy kanali ishga tushgan bo‘lib, fuqarolar o‘zining murojaatlarini ushbu manzilga yuborishi mumkin.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi akademiya-mudofaa.uz manzili bo‘yicha rasmiy saytini ishga tushirdi.

Veb-sayt Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati ochiqligini ta'minlab, ta'lim muassasa hayotiga bog‘liq tadbirlar va hodisalarni tezkorlik bilan yoritish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Saytda akademiya rahbariyati, uning tuzilmasi va tarixi haqidagi axborotlar, bo‘sh ish o‘rinlari, harbiy-ilmiy ishlar haqida batafsil ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.
Ayni vaqtda mazkur sayt sinov rejimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qurolli Kuchlar akademiyasiga ekskursiya uyushtirishni istagan o‘quvchi yoshlar guruhlari uchun ham yangi imkoniyat paydo bo‘ldi. Endi tashrif buyuruvchilarning arizalari “Telegram” kanali hamda saytdagi elektron manzillar orqali qabul qilinadi.
Ta'kidlash joizki, o‘tgan yillar davomida eng yopiq deb hisoblanib kelgan Mudofaa vazirligi 2017 yilda mudofaa.uz rasmiy veb-saytini, 2018 yilda esa “Telegram”da https://t.me/mudofaa_press hamda ommabop ijtimoiy tarmoq hisoblangan “Facebook”da “Mudofaa_Press” rasmiy kanallarini ishga tushirdi.
Mavzuga oid
18:47 / 29.06.2026
VKontakte, FSB va Telegram. Pavel Durovning hayot yo‘li
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
08:36 / 12.05.2026