Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temir yo‘llari» bayram kunlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilmoqda.
Mustaqillikning 27 yilligini munosib tarzda nishonlash, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida yurtimiz aholisi va sayyohlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratildi.
Jumladan, joriy yilning 31 avgust hamda 1, 2, 3, 4, 5 sentabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarda oilaviy, jamoa, talabalar, o‘quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo‘l chiptasining tarif qismidan 50 foizgacha chegirma joriy qilindi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilib, qo‘shimcha ravishda 4 ta yo‘nalishda qatnovchi poyezdlar quyidagicha yo‘lga qo‘yildi.
2018 yil 31 avgust, 1, 2, 3, 4, 5 sentabr kunlari:
№764\763-sonli «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi
2018 yil 3-4 sentabr kuni
№ 4\3 -sonli «Toshkent –Termiz-Toshkent» poyezdi
2018 yil 4 sentabr kuni
№60\59 -sonli «Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida «O‘zbekiston» poyezdi
2018 yil 4-5 sentabr kuni
№10\9-sonli «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida «Sharq» poyezdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekiston temir yo‘llari» 50 foizlik chegirmalar haqida e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026